Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati Forish tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Unga ko‘ra, YTH 4 aprel kuni soat 16:05 larda «Jizzax-Bog‘don-Qizilcha» yo‘lida sodir bo‘lgan. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashagan 27 yoshli U.B. Nexia mashinasini boshqarib borayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan. Oqibatda Nexia qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan, Forish tumanida yashagan 35 yoshli B.A. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida har ikki mashina haydovchisi, shuningdek, Nexia mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Xitoy davlatining 54 yoshli fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Cobalt mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 kishi esa shifoxonada vafot etgan.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

Kun.uz’ning boshqa bir manbasi esa ushbu YTHda 7 kishi – 5 kishi voqea joyida, 2 nafari esa shifoxonada halok bo‘lganini aytmoqda. Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilmadi.

Kiritildi: 15:04 05.04.2026. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!