"PSJ" Kilian Mbappe ketganidan so‘ng birinchi yildayoq Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi.
Luis Enrike jamoasi musobaqaning hal qiluvchi o‘yinida "Inter"ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 31 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.
Mbappe "PSJ"ni erkin agent sifatida tark etdi va o‘tgan yozda "Real" safiga borib qo‘shildi. Madridliklar chorak final bosqichida mag‘lubiyatga uchradi. Ularni ikki marta "Arsenal" mag‘lub etdi (0:3, 1:2).
Kilian bilan parijliklar 2020 yilda ECHL finaliga chiqqan, ammo turnirda g‘alaba qozona olmagan.