Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Mbappening otasi Zidanning Fransiya terma jamoasiga kelishi haqida gapirdi

Mbappening otasi Zidanning Fransiya terma jamoasiga kelishi haqida gapirdi

Madridning "Real" klubi yulduzi Kilian Mbappening otasi Vilfrid Mbappe Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Didye Deshamning ehtimoliy o‘rinbosari haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Zidan murabbiy sifatida juda yaxshi edi. Agar Zinedin Fransiya terma jamoasining yangi ustoziga aylansa, biz bundan juda xursand bo‘lamiz", — deya Mbappening otasi so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS nashri.

Avvalroq matbuotda Zidan 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng milliy jamoa boshqaruvini Deshamdan qabul qilib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘zining murabbiylik faoliyati davomida "Zizu" faqat Madridning "Real" klubini boshqargan. Fransiyalik mutaxassis qo‘l ostida "qirollik klubi" ketma-ket uch marta UYEFA Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 23:48 14.02.2026. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!