Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe zo‘ravonlikda ayblanayotgan «PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimi ishida guvoh sifatida ko‘rsatma berdi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
«Biz bu mavzuni tez-tez muhokama qilamiz va bu borada juda ehtiyotkormiz. Birinchidan, biz vahshiy emasmiz. Ikkinchidan, biz faoliyatimiz boshidanoq bunday vaziyatlar yuzaga kelishiga tayyor bo‘lganmiz.
Hakimi ayollarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Men uning mast holatda yurganini va provokasion harakatlar qilganini hech qachon ko‘rmaganman. Shuningdek, yaqin do‘stlaridan Hakimi o‘zini noo‘rin tutganini yoki chegarani kesib o‘tganini eshitmaganman», – dedi Mbappe.
Ma’lumot uchun, Ashraf Hakimi 2023 yilda sodir etilgan zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda. Agar marokashlik futbolchi aybdor deb topilsa, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.