Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Mbappe yoki Vinisius: "Real"da bir megayulduz bilan xayrlashish muhokama qilinmoqda

Mbappe yoki Vinisius: "Real"da bir megayulduz bilan xayrlashish muhokama qilinmoqda

«Real» rahbariyati yulduzli hujumchilardan birining ehtimoliy transferi haqida bosh qotirmoqda. The Touchline nashrining ESPN jurnalistiga tayanib xabar berishicha, klub ichidagi ayrim insonlar Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning jamoada bir vaqtning o‘zida bo‘lishi kutilgan darajada samara bermasligi mumkin deb hisoblamoqda.

Ba’zilarning fikricha, jamoada muvozanatni saqlash uchun ushbu hujumchilardan biri klubni tark etishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shu bilan birga, «Real» prezidenti Florentino Peres bu xavotirlarga qo‘shilmaydi. U Vinisius va Mbappe hujumda birgalikda muvaffaqiyatli o‘ynab, natija keltira olishiga ishonmoqda.

Hozirda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 23:45 29.04.2026. O'qildi: 224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!