Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Mbappe: «Xavotir olmang, men Fransiya prezidenti bo‘lishni rejalashtirmayapman»

Mbappe: «Xavotir olmang, men Fransiya prezidenti bo‘lishni rejalashtirmayapman»

Futbolchi Kilian Mbappe kelajakda Fransiya prezidenti bo‘lish imkoniyatini baholadi. U bunday variantni umuman ko‘rib chiqmayotganini tan oldi. Kilian siyosiy faoliyatsiz ham uni yomon ko‘ruvchilar yetarli ekanligini aytib, hazil qildi.

Mbappening so‘zlariga ko‘ra, faoliyatini yakunlaganidan keyin u ko‘zdan yiroqroq bo‘lishni afzal ko‘radi. Shunga qaramay, futbolchi ko‘pchilik unga siyosiy karyera boshlashni maslahat berayotganini ta’kidlab o‘tdi.

«Xavotir olmang, men Fransiya prezidenti bo‘lishni rejalashtirmayapman. Bu haqda menga ko‘pchilik gapiradi, lekin bu mening rejalarimga kirmaydi. Meni shundoq ham yetarlicha yomon ko‘rishadi (kuladi). Men kelajakda ko‘proq ko‘zdan yiroqda bo‘lishni xohlayman», — dedi Mbappe.

Kiritildi: Bugun 16:02. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!