Bir kun avval "Real" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida "Leganes"ga qarshi yopiq o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan edi.
Unda Xabi Alonso jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Transfer News Live nashrining ESPN’ga tayanib xabar berishicha, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappega qoyil qolgan. Jamoa murabbiyiga yulduz fransuzning mudofaadagi harakatlari yoqdi.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso "Real"ni yoz boshida qabul qilib olgan edi. Jamoa klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, yarim finalga chiqdi.