Kilian Mbappe "Real"dagi ilk mavsumida gol urish bo‘yicha rekordga yaqinlashdi.
Hujumchi La Liganing 34-turida "Selta" darvozasiga dubl qayd etdi.
Endi fransuzning hisobida madridliklar safida rasmiy o‘yinlarda urilgan 36 ta gol bor. Avvalroq hujumchi debyut mavsumida 33 ta gol urgan Krishtianu Ronalduni ortda qoldirgandi.
"Madrid"dagi debyut mavsumida Mbappedan ko‘proq golni faqat 1992/93 mavsumida Ivan Samorano urgan (37). Kilian 1934/35 yilgi mavsumda qayd etilgan Fernando Sanudoning natijasini takrorladi (36 gol).