Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mbappe «Real» safida 64 uchrashuvda 50 ta gol urdi, Ronaldu bu ko‘rsatkichga 54 o‘yinda erishgan edi

Mbappe «Real» safida 64 uchrashuvda 50 ta gol urdi, Ronaldu bu ko‘rsatkichga 54 o‘yinda erishgan edi

«Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Marsel»ga qarshi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-tur uchrashuvida (2:1) ikki marta penaltidan gol urib, "Qirollik klubi" safidagi o‘z gollari sonini 50 taga yetkazdi. Fransiyalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida 64 uchrashuvda shu natijaga erishdi.

Mbappega qaraganda tezroq 50 ta golga erishgan yagona futbolchi — jamoaning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo‘lib, u 2010 yil noyabrida 54 o‘yindayoq ushbu marrani zabt etgan edi.

Fransiyalik hujumchi 2024 yil yozida ispan grandiga qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:08 17.09.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!