Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Mbappe "Real" safida 30 ta o‘yinda 21 ta golda qatnashdi

Mbappe "Real" safida 30 ta o‘yinda 21 ta golda qatnashdi

Kilian Mbappe "Las-Palmas"ga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi.

Madridning "Real" klubi forvardi La Liganing 20-turidan o‘rin olgan "Las-Palmas"ga qarshi o‘yinning 18-daqiqasida penaltidan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 36-daqiqada Rodrigoning pasidan so‘ng yana gol urdi.

Mbappe ketma-ket uchinchi o‘yinda "Real" safida raqib darvozasini ishg‘ol qildi - u avvalroq Ispaniya kubogida "Selta"ga (5:2) va Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o‘yinlarda (2:5) gol urdi.

Umuman olganda, Mbappe "Real" safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 01:30 20.01.2025. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!