Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Mbappe "Real"da Ronalduning natijasidan o‘zib ketdi

Mbappe "Real"da Ronalduning natijasidan o‘zib ketdi

Kilian Mbappe "Real"dagi ilk mavsumida gollar soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

Hujumchi Ispaniya kubogi finalida zaxiradan maydonga tushib, "Barselona" darvozasini ishg‘ol qildi.

Endi fransuzning hisobida madridliklar safida rasmiy o‘yinlarda urilgan 34 ta gol bor. Ronaldu debyut mavsumida 33 ta gol urdi.

Faqatgina Fernando Sanyudo 1934/35 (36) va Ivan Samorano 1992/93 (37) ilk mavsumida Mbappedan ko‘proq gol urgan.

Kiritildi: 13:45 27.04.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!