«Real» hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumdagi 12-penaltini aniq amalga oshirdi.
Fransiyalik futbolchi La Liganing 22-turida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinda (2:1) ikkinchi taymga qo‘shib berilgan 10-daqiqada 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi.
Ushbu mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda penaltidan 12 ta gol urdi. Bu La Ligada Krishtianu Ronaldudan beri (2014/15 mavsumda 13 ta penaltidan gol) qayd etilgan eng yuqori natijadir.