Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Mbappe "Oltin to‘p" marosimiga bormaydi

Mbappe "Oltin to‘p" marosimiga bormaydi

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Oltin to‘p" marosimida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

"Uni qo‘lga kiritish uchun sovrinlar yutish kerak. Men klubimga sovrinlar olishda yordam berishim zarur, shunda keyin ko‘ramiz.

Agar Dembele g‘olib chiqsa, juda xursand bo‘laman, chunki u mening do‘stim va boshidanoq uni qo‘llab-quvvatlab kelganman. Translyasiyani ko‘raman va Usmonning g‘alabasini tilayman", – dedi Mbappe "CBS Sports" efirida.

Kiritildi: 23:42 17.09.2025. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!