Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Mbappe - "Oltin to‘p" haqida: "Endi navbat menga"

Mbappe - "Oltin to‘p" haqida: "Endi navbat menga"

Fransiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi yulduzi Kilian Mbappe yaqinlashib kelayotgan "Oltin to‘p" taqdirlash marosimi haqida fikr bildirdi.

"Balkim, yaqin orada mening ham ushbu sovrin bilan tushgan suratim paydo bo‘lar. Kim biladi?! Vaqti keldi. Bu yil buning uchun juda mos", — deya hujumchining so‘zlarini The Athletic keltirdi.

Mbappe France Football tomonidan topshiriladigan nufuzli individual sovrinning asosiy da’vogarlaridan biri hisoblanmoqda. "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan yili ushbu sovrin Fransiya terma jamoasi va "PSJ" hujumkor yarim himoyachisi Usman Dembelega nasib etgan edi.

Kiritildi: 11:20 23.09.2026. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!