Kilian Mbappe La Ligada yanvarning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi.
«Real»ning 26 yoshli hujumchisi Ispaniyaga kelganidan beri birinchi bor oy futbolchisi mukofotini qo‘lga kiritdi.
Fransiyalik yulduz yanvar oyida La Liganing 3 o‘yinida 5 ta gol urdi, «Valyadolid»ga (3:0) qarshi bahsda het-trik qayd etdi.
Sovringa nomzodlar orasida Ugo Duro («Valensiya»), Kike Garsiya («Alaves»), Luis Milya («Xetafe») va Dodi Lukebakio («Sevilya») ham bor edi.
Dekabr oyida «Real»ning boshqa bir futbolchisi Jud Bellinghem, noyabrda madridliklar vingeri Vinius Junior oy o‘yinchisiga aylangandi.