Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Mbappe Chempionlar ligasida Ronalduning tarixiy rekordiga yaqinlashmoqda

Mbappe Chempionlar ligasida Ronalduning tarixiy rekordiga yaqinlashmoqda

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasida Krishtianu Ronalduning tarixiy rekordini takrorlashga yaqinlashmoqda.

Madridliklar musobaqa umumiy bosqichining 4-turida Gresiyaning AYEK klubini safarda 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Fransiyalik hujumchi ushbu uchrashuvda jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe Chempionlar ligasida ketma-ket 6 ta o‘yindan beri gol urmoqda.

Bu boradagi rekord Krishtianu Ronalduga tegishli. Portugaliyalik yulduz Chempionlar ligasining ketma-ket 11 ta uchrashuvida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Mbappe ushbu natijani takrorlashi uchun yana 5 ta o‘yinda ketma-ket gol urishi kerak.

"Real" Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘z maydonida Niderlandiyaning PSV klubiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 16:01. O'qildi: 118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!