"AQSh Milliy xavfsizlik kengashi a’zolari, jumladan, Trampning maslahatchisi Mayk Uols shaxsiy Gmail akkauntlari orqali davlat ishlarini muhokama qilgan", deb yozadi The Washington Post hujjatlar va manbalarga tayanib.
Nashrning qayd etishicha, Gmail’ning xavfsizlik darajasi Signal messenjerinikiga nisbatan pastroq hisoblanadi.
Uolsning katta yordamchisi Yamandagi harbiy mojaro tafsilotlari – pozisiyalar va qurollanish tizimlarini yana muhokama qilish uchun Google pochtasidan boshqa hukumat agentliklaridagi hamkasblariga xat yozdi. Unga javoblar esa huqumat pochta akkauntlaridan kelgan. Shu bilan birga, hamkasblari unga hukumat akkauntlaridan javob berishgan.
Mayk Uolsning o‘zi esa Gmail orqali ish jadvali va boshqa rasmiy hujjatlarni olgan. Milliy xavfsizlik kengashi ushbu ma’lumotni rad etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Tramp jamoasi Signal messenjeri orqali Yaman husiylariga zarba berishni muhokama qiligani sababli janjal yuzaga kelgandi. Uolsning xatolik bilan The Atlantic nashr bosh muharririni chatga taklif qilgani bunga sabab bo‘lgan edi.