Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Mayk Tayson - Floyd Meyvezer jangi tasdiqlandi

Mayk Tayson - Floyd Meyvezer jangi tasdiqlandi

Boks afsonasi Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi kechgan daromadli jangidan keyin pul isini olgan ko‘rinadi.

Amerikalik 58 yoshli Temir Mayk beshta vaznda sobiq jahon chempioni, faoliyatini mag‘lubiyatsiz yakunlagan, o‘zidan roppa-rosa 10 yoshga kichik bo‘lgan Floyd Meyvezerga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu xabarni Taysonning o‘zi ham tasdiqladi.

Xabarda aytilishicha, ushbu jang 2026 yilning bahorida CSI Sports/Fight Sport tomonidan o‘tkaziladi. Jangning qanday maqomda va nechchi raund bo‘lishi haqida keyinroq xabar beriladi. Mayk Tayson o‘tgan yilning 14 noyabr kuni farzandi qatori bloger-bokschi Jeyk Polga ochkolar hisobiga ko‘ra yutqazib qo‘ygandi. Floyd Meyvezer esa o‘tgan yilning avgustida Jon Gotti III bilan jang qilgan edi. To‘liq sakkiz raund davom etgan o‘sha jangning g‘olibi e’lon qilinmagandi.

Mayk Tayson - Floyd Meyvezer jangi tasdiqlandi

Kiritildi: 19:18 05.09.2025. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!