Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

«Maxsustrans» mashinasi velosipedda ko‘chani kesib o‘tayotgan 14 yoshli qizni urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

«Maxsustrans» mashinasi velosipedda ko‘chani kesib o‘tayotgan 14 yoshli qizni urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Navoiy shahrida maxsus transport haydovchisi yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tayotgan 14 yoshli velosipedchi qizni urib yuborgani haqida xabar berdi.

Boshqarma e’lon qilgan videolavhada qayd etilishicha, jabrlanuvchi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Ushbu voqeadan keyin Navoiy viloyati YPX inspektorlari tomonidan haydovchi ishlaydigan korxonada, shuningdek, marhuma o‘qigan sport maktabida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. Boshqarma axborotida YTHning qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Kiritildi: 12:44 30.10.2020. O'qildi: 1975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!