Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Massachusetsdagi qariyalar uyida yong‘in chiqdi, 9 kishi halok bo‘ldi

Massachusetsdagi qariyalar uyida yong‘in chiqdi, 9 kishi halok bo‘ldi

AQShning Massachusets shtatida joylashgan qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chiruv xizmati ma’lum qildi.

Hodisa Foll-River shaharchasida mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida yuz bergan. Yong‘in vaqtida muassasada taxminan 70 nafar kishi bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni nazoratga olishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq 9 kishining halok bo‘lgani tasdiqlangan. Evakuasiya qilingan fuqarolarning ayrimlari kasalxonaga yotqizilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, besh nafar o‘t o‘chiruvchi yengil tan jarohatlari olgan. Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 18:19 14.07.2025. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!