Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Maskni jazolashmaydi

Maskni jazolashmaydi

Evropa nazorat organlari hozircha milliarder Ilon Maskka tegishli X ijtimoiy tarmog‘iga 1 milliard dollardan ortiq jarima qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti.

Bu haqda Yevropa komissiyasi vakili Toma Rene ma’lum qildi.

"Komissiya 1 milliard dollardan ortiq jarima tayyorlayotgani haqidagi fikrlar noto‘g‘ri," - dedi u Bryusseldagi matbuot anjumanida. Renening ta’kidlashicha, YEK kun tartibida ijtimoiy tarmoqqa nisbatan o‘tkazilgan tekshiruvlarning birontasi bo‘yicha ham jarima solish takliflari yo‘q.

EK vakili, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bu masala yuzasidan qandaydir qaror qabul qilishga tayyor bo‘lishi muddatlarini aniqlashtirmadi. "Albatta, biz bu ishlarni ijobiy, biroq konstruktiv va ishonchli sur’atda ilgari surishga doimo intilganmiz. Hozircha aniq muddatlarni ayta olmayman," - dedi Rene.

Kiritildi: 00:17 05.04.2025. O'qildi: 912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!