Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Mask: WSJ maqolasi yolg‘on, Tesla bosh direktor qidirmayapti

Mask: WSJ maqolasi yolg‘on, Tesla bosh direktor qidirmayapti

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida The Wall Street Journal'ni Tesla kompaniyasi go‘yoki uning o‘rniga bosh direktor izlayotgani haqidagi maqola tufayli yolg‘onchilikda aybladi.

Maskning ta’kidlashicha, Tesla direktorlar kengashi bu ma’lumotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etgan.

"Tesla direktorlar kengashining qat’iy raddiyasini o‘z ichiga olmagan holda, WSJ ataylab yolg‘on maqola chop etgani axloqni qo‘pol ravishda buzishdir!" - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Tadbirkor keyinchalik gazeta jurnalistikani obro‘sizlantirishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 11:51 01.05.2025. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!