Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) saylovlarga ta’sir ko‘rsatishda faol ishtirok etgan.
Bu haqda Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask ma’lum qildi.
“ USAID qilgan ishlarning ko‘p qismi saylovlarga ta’sir o‘tkazishga, saylovlarga shubhali usullar bilan ta’sir o‘tkazishga qaratilgan bo‘lib, ular tekshiruvga dosh berolmadi” - dedi u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan birga Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda.
U qaysi mamlakatlardagi saylovlar haqida gapirayotgani haqida ma’lumot bermadi va aniqlik kiritmadi. USAID faoliyati haqida gapirar ekan, Mask shunday ta’kidladi: "Investisiyalarning daromadliligi nuqtai nazaridan, men shuni aytishim mumkinki, bu har doim ham yaxshi bo‘lmagan."
Tramp agentlik “qobiliyatsiz va juda korrupsiyalashgan” ekanini aytdi.