Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Mask Trampga «gigant byurokratiya va firibgarlikdan» xalos bo‘lishda yordam beradi

Mask Trampga «gigant byurokratiya va firibgarlikdan» xalos bo‘lishda yordam beradi

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask agar unga Donald Trampning bo‘lajak ma’muriyatida lavozim berilsa, u AQShdagi federal agentliklar sonini qisqartirishga erishishini aytdi. Mask bu haqda Trampning Mar-a-Lago mulkidagi Taker Karlsonning onlayn shousida so‘zlagan.

Mask Trampga hukumatni yanada samarali qilish uchun yordam bermoqchi ekanini aytdi: "Bizda gigant byurokratiya bor, bizda haddan tashqari tartibga solish bor. Biz Amerika quruvchilariga qurishga ruxsat berishimiz kerak."

Trampning o‘zi sentyabr oyida hukumat samaradorligi bo‘yicha komissiya tuzish niyatida ekanligini, uning rahbari etib Maskni tayinlashini aytgan edi. Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor "butun federal hukumatning to‘liq moliyaviy va operasion auditini" o‘tkazadigan va "firibgarlik va noqonuniy to‘lovlarni" bartaraf etish rejasini ishlab chiqadigan organni boshqarishga rozi bo‘lgan. Mask AQSh federal byudjeti xarajatlarini 2 trillion dollarga qisqartirishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 21:24 06.11.2024. O'qildi: 1259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!