Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zi rahbarlik qilayotgan Tesla avtomobil kompaniyasi ob’ektlariga uyushtirilgan hujumlarni terrorchilik harakati deb atadi. Bu haqda TASS yozmoqda.
"Tesla do‘konlarida otishma va zaryadlash stansiyalarini yoqish terrorchilik harakati ekanligiga shubha yo‘q", — deb yozadi tadbirkor X ijtimoiy tarmoqda.
Ilgari Ilon Mask Tesla avtomobillari va dilerlik markazlariga nisbatan vandalizm ruhiy kasalliklarning namoyon bo‘lishi haqida fikr bildirgan edi.