Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining SpaceX aerokosmik kompaniyasi shtab-kvartirasini Texas shtatidagi Starbeys shahriga ko‘chiradi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, SpaceX rahbariyati Starbeys kosmik uchirish maydoniga shahar maqomini berish uchun suddan saylov o‘tkazishni so‘ramoqda. Ushbu bazada kompaniyaning yuzlab xodimlari yashaydi.
Milliarder avvalroq SpaceX shtab-kvartirasi Texasning Boka-Chika shahridagi mavjud binoga, X esa Ostinga ko‘chib o‘tishini aytgan edi. Biroq, Kaliforniyadagi ish o‘rinlari yoki ob’ektlar Texasga qay darajada o‘tkazilishi noma’lum.
Joriy yilning boshida u SpaceX ro‘yxatga olishin bo‘limini Delaverdan Texasga ko‘chirdi.
Mask, shuningdek, 2021 yilda Tesla bosh qarorgohini Kaliforniyadan Texasga ko‘chirgan edi, biroq Kaliforniya uning muhandislik markazi bo‘lib qolishini aytdi.