Tesla bosh direktori Ilon Mask 5 iyul kuni «Amerikan partiyasi»ni tuzishini e’lon qildi. Bu qarordan bir kun oldin u X (Twitter)da kuzatuvchilariga yangi partiya tuzish kerakmi, deb so‘ragan edi.
«2ga 1 nisbatda sizlar yangi siyosiy partiyani xohlayapsizlar, va uni olasizlar! Bugun Amerikan partiyasi tashkil etilyapti, sizlarning erkinligingizni tiklash uchun», — dedi Mask Xda.
Bu e’lon Ilon Mask bilan AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi jamoat oldidagi keskin kelishmovchilikdan so‘ng bo‘ldi. Mazkur qarama-qarshilik 4 iyulda imzolangan katta miqdordagi soliq va xarajatlar qonuni — «Bir katta va ajoyib qonun» atrofida sodir bo‘ldi.