Amerikalik tadbirkor Ilon Mask inson umrini uzaytirish imkonini beradigan yangi texnologiyalar yaqin kelajakda paydo bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Uning fikricha, qarish jarayonini tushunish va unga ta’sir qilish mumkin. Mask hatto qarishni «juda hal qilinadigan muammo» deb atagan va kelajakda inson umrini uzaytirish, ehtimol qarish jarayonini orqaga qaytarish imkoni paydo bo‘lishini aytgan.
Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt va tibbiy texnologiyalarning rivojlanishi bu jarayonni tezlashtirishi mumkin. Uning o‘zi esa inson tanasidagi qarish jarayonini boshqaruvchi qandaydir umumiy biologik mexanizm mavjud deb hisoblaydi.
Biroq bu hozircha ilmiy jihatdan isbotlangan prognoz emas, balki Maskning kelajak haqidagi qarashlaridir.