Amerikalik siyosatchi va tadbirkor Ilon Mask OpenAI kompaniyasining BAAdagi yirik bitimini buzishga urindi.
Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Qayd etilishicha, gap Abu-Dabida dunyodagi eng yirik sun’iy intellektga ega ma’lumotlarni qayta ishlash markazlaridan birining qurilishi haqida bormoqda.
"Ilon Mask o‘zining sun’iy intellekt sohasidagi startapini qo‘shmasa, kelishuvni buzish uchun ko‘p harakat qildi," - deyiladi materialda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Mask OpenAI rahbari Sem Altman AQSh prezidenti Donald Tramp bilan birga Yaqin Sharqqa borishini bilgach, "g‘azablangan." Gazeta manbalarining ta’kidlashicha, Amerika yetakchisining yordamchilari kelishuvni buzmaslik uchun Maskni tinchlantirish yo‘llarini izlashga majbur bo‘lgan.