AQSh Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask Rossiya va Qo‘shma Shtatlar bir-biriga ko‘pchilik o‘ylaganidan ham yaqinroq ekanini eslatdi.
U X ijtimoiy tarmog‘ida Bering bo‘g‘ozidagi ikki orol haqida hikoya qiluvchi videoni joylashtirdi.
"Hamma amerikaliklar ham AQSh va Rossiya aslida bir-biriga ancha yaqin ekanini bilmaydi: ular o‘rtasida atigi 3 km dan sal ko‘proq masofa bor," - deyiladi videoda.
Shu bilan birga, sanalar o‘zgarishining xalqaro tizimi tufayli ikki orolda vaqt farqi 21 soatni tashkil etadi.
Kruzenshtern (yoki Kichik Diomid) oroli AQShga tegishli bo‘lib, u yerda 82 kishi yashaydi. Qo‘shni joylashgan Rossiya Ratmanova oroli (Katta Diomid) kimsasiz.