Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Masjidni portlatishga kelgan amerikalik musulmon bo‘ldi

Masjidni portlatishga kelgan amerikalik musulmon bo‘ldi

Indiana shtatining Mansi shahrida yashaydigan Richard MakKinni 25 yil davomida AQSh armiyasida xizmat qilgan. Har safar Somali yoki Yaqin Sharqdan qaytganida “dushmanlar”ga nisbatan nafrati to‘lib-toshgan bo‘lardi.

Kunlardan birida poyabzal do‘konida bir muslimani ko‘rib qolgan MakKini uni o‘sha yerning o‘zidayoq o‘ldirishni istadi, biroq o‘zini arang to‘xtatib qoldi. Keyin esa mahalliy masjidni portlati rejasini tuzdi. Qo‘lbola bombani masjidga joylashtirib, o‘zi ko‘chaning narigi tomonida kuta boshladi.

Hujumdan avval bombani tekshirish uchun masjidga kelgan sobiq harbiyni juda iliq kutib olishdi. Qo‘liga Qur’onni tutqazib, Islom haqida o‘zini qiziqtirgan har qanday savolni berishi mumkinligini aytishdi. MakKini juda hayratda edi, u masjidga qayta-qayta keldi va ikki oydan keyin Islomni qabul qildi.

Colorado Sun nashrining yozishicha, Richard MakKinining hayoti haqida “Musulmonlarning sirli hayoti” deb nomlangan film suratga olingan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 15:46 05.10.2019. O'qildi: 4248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!