Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mashinada sher bilan sayr: Samarqandda qonunbuzarlik aniqlandi

Mashinada sher bilan sayr: Samarqandda qonunbuzarlik aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Samarqandda fuqaro o‘z mashinasida sher bolasini olib yurganligi" haqida video tarqaldi.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tezkor tartibda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijasida Samarqand tumanida yashovchi fuqaro Afrika sheri bolasini tumanning Oqbo‘yro mahallasi hududidagi dala hovlilarning biriga yashirishga uringani ma’lum bo‘ldi. Sher bolasi dala hovlining sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgan holda topildi. Unga birinchi yordam ko‘rsatilib, vaqtincha saqlash uchun viloyat kinologiya markaziga olib kelindi hamda alohida parvarishga olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ayni paytda ushbu qonunbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasi tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.

Kiritildi: 20:58 23.05.2025. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!