Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Mashhur klublar Serxio Ramos xizmatlarini rad etdi

Mashhur klublar Serxio Ramos xizmatlarini rad etdi

"Real"ning sobiq sardori Serxio Ramos o‘z xizmatlarini mashhur klublardan biriga taklif qildi. "Foot Mercato" va "Radio Marca" nashrlarining xabar berishicha, 39 yoshli Ramos "Marsel" rahbariyati bilan bog‘lanib, provansalliklar safida o‘ynash istagini bildirgan. Biroq, manbaga ko‘ra, Serxioning "Marsel" bilan shartnoma imzolashi dargumon.

Shuningdek, Ramos mavsum yakuniga qadar "Sevilya"da bepul o‘ynash istagini ham bildirgan, ammo andalusiyaliklar bu taklifni rad etishgan. Bunga Serxio yaqin kelajakda klub egasiga aylanishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Yil boshidan beri Ramos Meksikaning "Monterrey" klubini tark etgach, erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Serxio Ramos 2005–2021 yillar davomida "Real Madrid" sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: Bugun 19:14. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!