Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Mashhur imom otib o‘ldirildi

Mashhur imom otib o‘ldirildi

Filippinda mashhur imom Bedejim Abdulloh otib o‘ldirildi. Abdulloh radikallarning mashhur tanqidchisi edi. U mamlakat yoshlari orasida juda mashhur bo‘lishi bilan birgalikda, Filippin harbiy akademiyasidagi askarlarning ma’naviy murabbiysi ham edi. Bundan tashqari, u jazoni ijro etish muassasalaridagi maxbuslar bilan ham faol ish olib borardi.

Mahalliy OAVning yozishicha, ushbu fojia kuppa-kunduz kuni Bagio shahrining serodam ko‘chalaridan birida sodir bo‘ldi. Qotillikning sababi hali aniq emas, lekin huquq-tartibot organlari ushbu qilmishni ekstremistlar bilan bog‘lashmoqda. Chunki imom radikal guruhlarga qarshi murosasiz munosabati bilan juda mashhur edi.

55 yoshli imomga o‘ta tinchlikparvar inson sifatida ta’rif berishadi, u velosiped sporti bilan shug‘ullangan va mamlakatning barcha boshqa din peshvolari bilan o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatda bo‘lgan.

Manba: fitrat. uz

Kiritildi: 22:57 07.01.2019. O'qildi: 4393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!