Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Mashhur bokschi Mayk Tayson Qozog‘istonda jang o‘tkazmoqchi

A A A
Mashhur bokschi Mayk Tayson Qozog‘istonda jang o‘tkazmoqchi

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, afsonaviy amerikalik Mayk Tayson Qozog‘istonda jang o‘tkazishi mumkin, deya xabar beradi Sportnews.kz sayti.

Shou tashkilotchilari mashhur MMA jangchisi Fedor Yemelyanenkoni Qozog‘istonga “Temir Mayk”ga raqib sifatida taklif qilishni rejalashtirmoqda.

— Bizning rejalarimizga Mayk Tayson va Fedor Yemelyanenko o‘rtasidagi jang tashkil etish kiradi. Bu yo‘nalishdagi ishlar allaqachon olib borilmoqda. Biz dekabr oyida turnir o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, unga Mayk Taysonni taklif qilmoqchimiz, — dedi Alash Pride ligasi prezidenti Alimjan Bektayev Astanadagi matbuot anjumanida.

Mayk Tayson faoliyatida 50 ta g‘alaba (44 ta nokaut) va 7 ta mag‘lubiyatdan iborat. O‘tgan yili u Jeyk Polga hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi.

Kiritildi: 11:16 26.05.2025. O'qildi: 1420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!