Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Besh kun suv ichida qolib ketgan odam tirik chiqdi

Besh kun suv ichida qolib ketgan odam tirik chiqdi

Xitoyning Xunan provinsiyasida yashovchi Van ismli 40 yoshli g‘avvos suv ichida adashib qoldi, so‘ng suv osti g‘orida besh kun jon saqlab, omon qoldi.

G‘avvosning g‘oyib bo‘lganini sezgan qutqaruvchilar zudlik bilan qidiruv ishlarini boshladilar, biroq urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Daryoning chuqurligi bir necha o‘nlab metrni tashkil etadi, suv osti g‘orlarining murakkab tizimiga kirish esa taxminan to‘qqiz metr chuqurlikda joylashgan. Erkak g‘or bo‘shlig‘idan panoh topgan va xom baliq iste’mol qilib kun kechirgan.

Yana bir qidiruv operasiyasi vaqtida Van qutqaruvchilarning suzib o‘tayotganini payqab qoldi. Ballonda atigi 4% kislorod qolganida, u havo cho‘ntagida suzib, g‘avvoslarga chiroq bilan ishora qildi. Tashqariga olib chiqilgan Vanning ahvoli yaxshi, hatto tez yordam mashinasiga o‘zi yurib bordi.

Kiritildi: 12:58 03.08.2025. O'qildi: 1063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!