Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p safar qilgan davlatlar aniqlandi

O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p safar qilgan davlatlar aniqlandi

2025 yilning birinchi yarim yilida O‘zbekiston fuqarolarining chet elga turistik sayohatlari sezilarli darajada oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida 3,5 mln nafardan ortiq o‘zbekistonlik chet elga borgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 810 ming nafarga ko‘p yoki 29,7 foizga o‘sishni anglatadi.

Eng ko‘p safar qilingan yo‘nalishlar qo‘shni davlatlarga to‘g‘ri keldi. Joriy yilning birinchi yarmida eng katta oqim Qirg‘iz Respublikasiga yo‘nalgan — 1 mln 527 mingdan ortiq kishi ushbu mamlakatga bordi. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston (664,6 ming kishi), uchinchi o‘rinda esa Tojikiston (631,6 ming kishi) joy oldi.

Rossiyaga 230,4 ming o‘zbekistonlik safar qilgan bo‘lib, bu asosan mehnat migrasiyasi va qisman turizm bilan bog‘liq. Saudiya Arabistoniga esa 145,3 ming kishi tashrif buyurgan, ularning asosiy qismi umra va haj ziyorati ishtirokchilari hisoblanadi.

Turkiya O‘zbekiston turistlari orasida ommabop yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda — yarim yilda 102 ming kishi borgan. BAAga 72,7 ming kishi, Misrga esa 30,9 ming kishi safar qilgan. Osiyoning mashhur turistik nuqtalari — Tailand (16,7 ming kishi) va Vyetnam (16,1 ming kishi) ham ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Shuningdek, boshqa davlatlarga jami 102,6 ming o‘zbekistonlik borgan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, chet elga sayohatlar sonining keskin oshishi ichki iqtisodiy barqarorlik, xalqaro aviaqatnovlar sonining ko‘payishi va turistik xizmatlar taklifining kengayishi bilan izohlanadi.

Kiritildi: 17:07 03.08.2025. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!