Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhining Jizzax viloyatidagi kompleks inspektorlik tekshiruvi yakunlariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda vazir Aziz Toshpo‘latov ishtirok etgan. Yig‘ilishda qator xodimlar taqdirlandi, shuningdek ayrimlariga chora ko‘rildi.
Unda faoliyati davomida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir guruh rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rildi.
Jumladan, viloyat IIB JXD Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga hayfsan intizomiy jazosi e’lon qilindi.
Shuningdek, Jizzax shahar va Sharof Rashidov tumani IIB boshlig‘i va barcha o‘rinbosarlarining faoliyatiga 9 oy yakuni bo‘yicha baho berilishi belgilandi.