Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Yo‘ltanlamas avtomobilning daryoga qulashi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi

Yo‘ltanlamas avtomobilning daryoga qulashi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida yo‘ltanlamasning daryoga qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda mahalliy polisiya ma’lum qildi.

"Yo‘ltanlamas avtomobilda haydovchi bilan birga 15 kishi bo‘lgan”, — dedi huquq-tartibot idoralari xodimlari. Avtomobil daryoga qulaganidan so‘ng mahalliy aholi va qutqaruvchilar cho‘kib ketgan transport vositasidan 11 nafar vafot etgan, jumladan, bolalarning jasadlarini olib chiqdi.

Yana to‘rt nafar yo‘lovchi qutqarib olindi va og‘ir ahvolda yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazildi”, — deyiladi polisiya xabarida.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 16:05 03.08.2025. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!