Bugun 11 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Mashhur basketbolchi Kim Chen Inni katta bolaga qiyosladi

Mashhur basketbolchi Kim Chen Inni katta bolaga qiyosladi

Ayni vaqtda Singapurda bo‘lgan Rodmandan Kim Chen In qanday odam ekanligini so‘zlab berishni so‘rashganda uni chiroyli hayotga intiluvchi katta bola deb atagan. Uning fikricha, Kim o‘z xalqini va o‘z sha’nini himoya qilishga harakat qiladi.

“Bu yigit dunyo bo‘ylab kezishni, AQShga kelishni va hayotdan lazzat olishni istaydi. U, shuningdek, xalqi ham hayotdan bahra olishini istaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Rodman.

Rodmanning aytishicha, Kimning AQShga hech qanday adovati yo‘q. “U amerikaliklarni yaxshi ko‘radi, AQShga borishni, basketbol uchrashuvini ko‘rishni istaydi”, deb aytgan sobiq basketbolchi.

Kim Chen In basketbolga muxlislik qilishi bilan tanilgan. Rodman oxirgi yillarda bir necha bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgan.

Rodman, shuningdek, Donald Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvini ijobiy baholadi. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 00:21 13.06.2018. O'qildi: 2073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!