Bahorning birinchi oyida O‘zbekistonliklar ancha ko‘p dam olishadi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 8 - mart juma, undan keyin esa 9 va 10 - mart shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni.
21 - mart, payshanba kuni Navro‘z bayrami hisoblanadi va shu munosabat bilan o‘zbekistonlarni uzoq dam olish kunlari kutmoqda: 21, 22, 23 va 24 - mart.
Shuningdek, oy davomida yana uch marta shanba va yakshanba kunlari borligini inobatga olsak, besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar mart oyida 13 kun, olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lganlar esa 9 kun dam oladi.