Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi Marselo uchun Jahon chempionatining boshlanishi ko‘ngilsiz voqea bilan yodda qoladigan bo‘ldi.
Madridning «Real» klubi sobiq sardori Mundialning ochilish uchrashuvi doirasidagi Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi (2:0) terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni stadiondan kuzatdi. Biroq o‘yin yakunlangach, u huquq-tartibot organlari tomonidan xavfsiz hududga evakuasiya qilinishiga to‘g‘ri keldi.
Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, arena atrofida bir guruh namoyishchilar va mahalliy polisiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqqan. Marselo esa kutilmaganda mana shu tartibsizliklar sodir bo‘layotgan hududda paydo bo‘lib qolgan.
Nizoli vaziyat yuzaga kelgan joyda taniqli futbolchini ko‘rib qolgan polisiya xodimlari tezkorlik bilan harakat qilishgan va uni himoya qilib, xavfli hududdan olib chiqib ketishgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida futbolchi hech qanday jarohat olmagan va unga zarar yetmagan.