Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Marokash qiroli Qurbon hayiti munosabati bilan 1500 dan ortiq odamni afv etdi

Marokash qiroli Qurbon hayiti munosabati bilan 1500 dan ortiq odamni afv etdi

Marokash qiroli Muhammad VI Qurbon hayiti munosabati bilan 1526 nafar mahbusni afv etdi, deb xabar beradi Anadolu.

Marokash Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 1305 nafari qamoqxonada jazo muddatini o‘tagan.

Afv turli sudlar tomonidan hukm qilingan fuqarolarga berildi.

Shuningdek, milliy qadriyatlarga sadoqatini bildirgan, ekstremizm va terrorizmdan voz kechgan 15 nafar sudlangan fuqarolar afv etildi.

Marokashda diniy bayramlar arafasida amnistiya e’lon qilish an’anaga aylangan. Bu chora-tadbirlar qirolning konstitusiyaviy vakolatlari doirasida amalga oshirilib, jamoat tinchligini mustahkamlash, mahkumlarni jamiyatga qayta moslashtirishga qaratilgan.

Kiritildi: 20:05 09.06.2025. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!