Marko Ansensio qishki transferlar oynasida «Aston Villa»ga o‘tadi.
Birminghem klubi «PSJ» yarimhimoyachisini mavsum oxirigacha ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Fabrisio Romano.
Bugun 29 yoshli ispan Angliyaga yetib kelishi kutilmoqda.
Bu mavsumda Ansensio Liga 1da 12 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgandi.