Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Markaziy Osiyoda yangi buyuk o‘yin - Xitoy va AQSh o‘rtasida

Markaziy Osiyoda yangi buyuk o‘yin - Xitoy va AQSh o‘rtasida

Turkiyaning Daily Sabah nashrida chop etilgan maqolada aytilishicha, Markaziy Osiyo yana super kuchlar, bu safar Xitoy va AQSh o‘rtasidagi qarama-qarshilik maydoniga aylanmoqda.

Xitoy 2008 va 2010 yillarda G‘arbdagi og‘ir iqtisodiy inqirozlar fonida «Bir kamar va yo‘l» dasturini yaratib, infratuzilma va boshqa loyihalarga katta sarmoya kirita boshladi. O‘n yil ichida 40 milliard dollar sarmoya kiritildi. Shu bilan birga, Xitoy va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi oshdi.

Qo‘shma Shtatlar mintaqaning geosiyosiy ahamiyatini nisbatan yaqinda anglab yetdi va shoshilinch ravishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlashga kirishdi. Vashington mintaqadagi davlatlarni mustaqillik va farovonlikni ta’minlash uchun Xitoy bosimiga qarshi turishga chaqiradi.

Bu fonda Turkiy davlatlar tashkiloti muhim rol o‘ynashi mumkin, deya xulosa qiladi gazeta.

Kiritildi: 14:48 01.10.2024. O'qildi: 9116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!