"Markaziy Osiyoda islom moliyasi hajmi atigi 700 million dollar. Bu jahondagi hajmining 0,01 foizini tashkil etadi. Lekin bu yerda dunyodagi musulmonlarning 4% yashaydi.
Aslida islom moliyasi nafaqat musulmonlar uchun. Biz unga moliyalashtirishning muqobil turi va an’anaviy bank faoliyatiga raqobatchisi sifatida qarashimiz kerak. Har kim o‘zi uchun qulay bo‘lsa, bir xil mahsulot va xizmatlardan foydalanishi mumkin", - deya tushuntirdi Islom moliyasi va takoful assosiasiyasi kengashi raisi Bahrom No‘monov.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, bugungi kunda Markaziy Osiyoda 18 ta islom banki faoliyat yuritayotmoqda.