Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorligi: munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar

Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorligi: munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar

Markaziy Osiyo mamlakatlarining salohiyati mintaqa zamonaviy dunyoning drayverlaridan biriga aylanishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Yangi geosiyosiy muhitda yetakchi arab davlatlari bilan konstruktiv muloqot dolzarb ahamiyatga ega. Joriy yilning 28-29 aprel kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi tahlil markazlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi (KADHK) ning “Markaziy Osiyo va KADHK o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash: tarixiy aloqalardan ko‘p yo‘nalishli hamkorlikka” mavzusida tashkil etilgan ilk forumi ana shunday muloqotni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) vakillari ham ishtirok etgan ushbu forumda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy aloqalarni chuqurlashtirish, savdo-sotiq hajmini oshirish, iqtisodiy aloqalarni diversifikasiya qilish hamda energetika, infratuzilmalar, qishloq xo‘jaligi, texnologiyalar va logistika kabi yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga amalga oshirish muhokama qilindi.

Forumda transport yo‘laklari va logistika, turizmni rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, oziq-ovqat va ekologik xavfsizlikni ta’minlash va yana bir qator yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi. MHTI mutaxassislarining fikriga ko‘ra, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish mumkin:
1. Yuqori texnologiyalar va investisiyalar sohasidagi hamkorlik, biznes vakillari ishtirokida Qo‘shma kengashni tashkil etish va “yashil energetika” sohasidagi loyihalarni amalga oshirish.
2. Ko‘rfaz arab davlatlari bilan erkin savdo zonalarini tashkil qilish, ko‘p tomonlama savdo bitimlarini imzolash, O‘rta transport yo‘lagidan foydalanishda qulay tariflarni qo‘llash, mavjud multimodal yo‘nalishlardan keng foydalanish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish.
3. “Ko‘rfaz – Markaziy Osiyo” vizasiz yagona turistik hududni tashkil etish va xalqaro turizmni rivojlantirishda zamonaviy klasterlar imkoniyatidan samarali foydalanish.

Formuda shuningdek, uzoq muddatli hamkorlik samaradorligini oshirish uchun ta’lim dasturlari, ilmiy almashinuvlarni rag‘batlantirish, yoshlar sporti va OAV sohalarida hamkorlik bo‘yicha ham tashabbuslar bildirildi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, tahlil markazlari vakillari ishtirokidagi forumlarni muntazam rvishda o‘tkazish strategik sheriklik uchun mustahkam poydevor yaratadi. Tahlil markazlarining doimiy faoliyat yurituvchi platformalari amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish uchun zarur vosita bo‘la oladi.

Kiritildi: 19:15 02.05.2025. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!