Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Markaziy Osiyo eko-oromgohi doirasida ishtirokchilar ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surishdi

Markaziy Osiyo eko-oromgohi doirasida ishtirokchilar ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surishdi

Ayni kunlarda Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari ekologik oromgohi bo‘lib o‘tmoqda. Eko-oromgoh barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilish hamda iqlim masalalari bo‘yicha kun tartibiga bolalar va yoshlarni jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan.

Tadbir davomida Markaziy Osiyoning 5 ta davlatidan 60 nafar eko-faol bir qator takliflarni ilgari surishdi.
Xususan, yo‘qolgan o‘simliklarning o‘rnini qoplash, aholi, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish uchun sun’iy o‘rmonlar barpo etish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ekostartaplarni moliyalashtirish orqali zararli chiqindilarni kamaytirish, elektromobillar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yoqilg‘ida harakatlanuvchi transport vositalarining katalizatorlarini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, atrof-muhit faollari jamoatchilik e’tiborini taniqli shaxslar yordamida ekologik muammolarga qaratishni taklif qilishdi.

Ekologik oromgoh 5 oktyabrga qadar davom etadi.

Kiritildi: 22:27 03.10.2023. O'qildi: 1370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!