Bugungi kunda, Markaziy Osiyo davlatlarida pensiyaga chiqish yoshi - ayollarda 55 yoshdan 61 yoshgacha, erkaklarda esa 60 yoshdan 63 yoshgacha bo‘lgan yoshni tashkil etmoqda.
Xususan, 2024 yil iyul oyi holatiga ko‘ra:
🇺🇿 O‘zbekistonda - erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yoshdan;
🇰🇿 Qozog‘istonda - erkaklar 63 yosh, ayollar 61 yoshdan;
🇰🇬 Qirg‘izistonda - erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;
🇹🇯 Tojikistonda - erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;
🇹🇲 Turkmanistonda - erkaklar 62 yosh, ayollar 57 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.