Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Markaziy Osiyo davlatlari ilk harbiy mashg‘ulotlarni Rossiya va Xitoysiz o‘tkazmoqda — AFP

Markaziy Osiyo davlatlari ilk harbiy mashg‘ulotlarni Rossiya va Xitoysiz o‘tkazmoqda — AFP

Markaziy Osiyo davlatlari 9 iyul kuni quruqlik, dengiz floti va havo kuchlari birgalikda, Rossiya va Xitoy ishtirokisiz ilk bor qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Qozog‘istonga “birinchi turdagi” mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun sobiq Sovet Ittifoqining yana to‘rt davlati tashrif buyurgan.

“Barcha ishtirokchilar yetib keldi”, deydi vakil.

Qo‘shma mashg‘ulotlar “Birlestik—2024” deb nomlanib, qozoq tilidan tarjima qilganda “Ittifoq” degan ma’noni anglatadi. Mashg‘ulotlar Kaspiy dengizida 17 iyulga qadar davom etadi, 4 mingga yaqin harbiy xizmatchi harbiy kemalar, samolyotlar, artilleriya va tanklar bilan qatnashadi.

Mashg‘ulotlarda Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston ishtirok etmoqda, biroq Turkmaniston qatnashmaydi. Shuningdek, harbiy mashg‘ulotlarda Ozarbayjon ham ishtirok etadi.

Qirg‘iziston Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlar davomida harbiylar “terrorchilar tomonidan bosib olingan orolni ozod qiladi” va “dengiz xavfsizligini ta’minlash hamda infratuzilmani himoya qilish bo‘yicha operasiyalar o‘tkazadi”.

Bu davlatlar muntazam ravishda strategik mintaqadagi eng nufuzli ikki yirik davlat: Rossiya bilan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasida va Xitoy bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida mashg‘ulotlarda qatnashadi, oxirgi marta bu kabi tadbir 2023 yilda 1500 askar ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

“O‘nlab yillar davom etgan kurashdan keyin Markaziy Osiyo davlatlari so‘nggi paytlarda hamkorlikni faollashtirdi, chunki yirik davlatlar ham xom ashyoga boy va muhim savdo yo‘liga ega mintaqaga ko‘proq e’tibor qaratmoqda”, deyiladi xabarda.

Ushbu MO davlatlari Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi Rossiyani aylanib o‘tuvchi “O‘rta yo‘lak” deb nomlangan transport yo‘lining bir qismidir.

Kiritildi: 17:37 09.07.2024. O'qildi: 1098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!